Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Farg'ona davlat universitetining sakkizta ta'lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan o'tdi

Farg'ona davlat universitetining 8 ta ta'lim dasturi Germaniyaning ASIIN xalqaro akkreditatsiya agentligidan muvaffaqiyatli o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda oliy ta'lim tizimini xalqaro standartlar darajasiga ko'tarish, sifatni oshirish hamda universitetlarning global ta'lim makonidagi raqobatbardoshligini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar izchil davom etmoqda. Ana shunday amaliy natijalardan biri sifatida Farg'ona davlat universitetining jami 8 ta ta'lim dasturi Germaniyaning nufuzli ASIIN xalqaro akkreditatsiya agentligi tomonidan ijobiy baholanib, muvaffaqiyatli akkreditatsiyadan o'tkazildi.

Qaysi yo'nalishlar akkreditatsiya qilindi?

Mazkur xalqaro e'tirofga kimyo, biologiya, matematika hamda fizika yo'nalishlarining ham bakalavriat, ham magistratura bosqichlaridagi ta'lim dasturlari sazovor bo'ldi.

Qo'lga kiritilgan bu natija oliygohda o'quv jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish, ta'lim sifatini jahon talablari asosida takomillashtirish, professor-o'qituvchilarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning yana bir yaqqol dalili bo'ldi.

Xalqaro akkreditatsiyaning ahamiyati

Bunday xalqaro e'tirof ta'lim dasturlarining belgilangan sifat mezonlariga to'la mos kelishini ko'rsatishidan tashqari, universitetning xalqaro akademik hamkorligini yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mazkur jarayon talabalar uchun yangi ta'lim va ilmiy imkoniyatlarni yaratishga hamda bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Farg'ona davlat universitetida ta'lim sifatini yanada yuksaltirish, xalqaro standartlarni keng joriy etish va nufuzli xorijiy tashkilotlar bilan sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi