Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Farg'onada o'qituvchilarni tuni bilan navbatchilikka majburlagan direktor ishdan olindi

Farg'ona viloyatida o'qituvchilarni lavozim majburiyatiga kirmaydigan tun-u kun navbatchilikka jalb qilgan maktab direktori vazifasidan ozod etildi.

TTahririyat 1 daqiqa

Buvayda tumanidagi 37-umumta'lim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi pedagoglarni tun-u kun navbatchilik qilishga majburlagani aniqlandi va u egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Farg'ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ma'lum qildi.

Aniqlanishicha, maktab rahbarining buyrug'i bilan o'qituvchilar 25-dekabrdan 6-yanvarga qadar navbatchilikka jalb qilingan. Pedagoglar rasman e'lon qilingan besh kunlik dam olish kunlarida ham ikki smenada ta'lim muassasasida qolishga majbur etilgan. Boshqarma mazkur holatni o'rganib chiqib, amaldagi tartiblarga zid ravishda o'qituvchilarga ularning vazifasiga kirmaydigan yumushlar yuklatilganini tasdiqlagan.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining 2026-yil 6-yanvardagi buyrug'iga asosan 37-maktab direktori vazifasini vaqtincha bajarib kelgan X.N. bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Shuningdek, boshqa tizim rahbarlari kelgusida bunday qoidabuzarliklarga yo'l qo'ymasliklari yuzasidan qat'iy ogohlantirilgan.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi