Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Farmatsevtika texnik universiteti talabalari bilan ochiq muloqot o'tkazildi

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Farmatsevtika texnik universiteti talabalari bilan uchrashdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Farmatsevtika texnik universiteti talabalari bilan uchrashib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Samimiy muloqot davomida universitet hayotini yanada takomillashtirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni qo'llab-quvvatlash hamda yoshlarning g'oyalarini amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Startaplar va volontyorlik faoliyati

Biznes yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar startap loyihalarini rivojlantirish bo'yicha o'z takliflarini bildirdi. Agentlik direktori istiqbolli tashabbuslar har tomonlama qo'llab-quvvatlanishi, ularni amalga oshirish uchun zarur tashkiliy va amaliy ko'mak ko'rsatilishini ta'kidladi.

Shuningdek, universitet volontyorlar klubi faoliyatini kengaytirish, uni shahar miqyosiga olib chiqish, boshqa oliy ta'lim muassasalari talabalari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish hamda yirik ijtimoiy va sohaviy tadbirlarda ishtirokini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida talabalarning bilim olishi, ilmiy izlanishlari va innovatsion tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash Agentlik faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ekani va ularning istiqbolli g'oyalarini ro'yobga chiqarishda har tomonlama amaliy ko'mak ko'rsatilishi qayd etildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi