TATU va Janubiy Koreyaning Kookmin universiteti qo'shma ta'lim dasturiga qabul boshlandi
Davlat test sinovlaridan keyin ham TATUda o'qish imkoniyati mavjud. Kookmin universiteti bilan Double Degree dasturiga qabul e'lon qilindi.
Davlat test sinovlari natijalari yoki hujjat topshirish jarayonlari ko'ngildagidek bo'lmagan abituriyentlar uchun TATUda zamonaviy IT va raqamli texnologiyalar yo'nalishlarida tahsil olish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shuningdek, an'anaviy ta'lim dasturlari doirasida kunduzgi, masofaviy, magistratura hamda ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim shakllarida ham o'qishni davom ettirish mumkin.
Double Degree xalqaro ta'lim dasturi
Agar siz TATUda o'qishni niyat qilgan bo'lsangiz va davlat testlariga ulgurmagan bo'lsangiz, Janubiy Koreyaning nufuzli Kookmin universiteti bilan hamkorlikdagi qo'shma dasturda qatnashishingiz mumkin. Ushbu xalqaro dastur talabalariga ikkita xalqaro diplom sohibiga aylanish imkoniyati beriladi.
Dasturning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
- 3+1 yoki 4+0 ta'lim modeli asosida o'qish
- TATU va Kookmin universiteti diplomlarini qo'lga kiritish
- IT hamda Biznes IT qo'shma mutaxassisliklari bo'yicha tahsil olish
- Xalqaro darajadagi ta'lim va keng karera imkoniyatlari
Kirish imtihonlari 20 avgust kuni matematika fanidan bo'lib o'tadi.
Manba: Kun.uz



