Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Farmatsevtika texnik universiteti xalqaro standartlar asosida kadrlar tayyorlamoqda

Tashkent Pharma Park klasteri tarkibidagi Farmatsevtika texnik universiteti Buyuk Britaniya va Koreya dasturlari asosida ta'lim bermoqda.

TTahririyat 1 daqiqa

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2020 yil 28 yanvardagi PQ-4574-son qaror ijrosi doirasida “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri barpo etilgan edi. Mazkur hududda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Farmatsevtika texnik universiteti o'z faoliyatini boshlagan. OTMning eng muhim jihati uning yetakchi xalqaro oliygohlar o'quv dasturlari asosida faoliyat yuritishidir.

Ta'lim yo'nalishlari va dasturlar

Universitetda darslar to'liq ingliz tilida olib boriladi, bu esa yoshlarga jahon mehnat bozorida munosib raqobat qilish imkonini beradi. Bugungi kunda quyidagi yo'nalishlar bo'yicha kadrlar tayyorlanmoqda:

  • Farmatsiya – De Montfort universiteti (Buyuk Britaniya)
  • Biotibbiyot – Sunderland universiteti (Buyuk Britaniya)
  • Biokimyo – Sunderland universiteti (Buyuk Britaniya)
  • Biznes boshqaruvi – De Montfort universiteti (Buyuk Britaniya)
  • Biznes data analitika – De Montfort universiteti (Buyuk Britaniya)
  • Sanoat farmatsiyasi va kosmetika – Yonsei universiteti (Koreya)

Amaliyot va xalqaro imkoniyatlar

Ta'lim jarayonida dual ta'lim tizimi tatbiq etilgan bo'lib, talabalar o'qish jarayonida “Tashkent Pharma Park” klasteridagi xalqaro ishlab chiqarish korxonalarida o'z amaliyotlarini o'tab boradilar. Shu tariqa olingan nazariy bilimlar bevosita amaliyotda mustahkamlanadi. Shuningdek, talabalar yozgi maktablar, xorijiy amaliyotlar hamda xalqaro almashinuv dasturlarida faol ishtirok etish imkoniyatiga ega. Bu esa ularning xalqaro tajriba orttirishi hamda jahon ilmiy hamjamiyatiga qo'shilishi uchun xizmat qiladi.

Qulayliklar va yangi binolar

Qayd etish joizki, mazkur oliygoh hayot fanlari yo'nalishi bo'yicha Buyuk Britaniya diplomini taqdim etuvchi MDH hududidagi yagona ta'lim maskani hisoblanadi. E'tiborli jihati, farmatsiya yo'nalishida magistr darajasiga ega bo'lish uchun endilikda 7 yil emas, atigi 5 yil kifoya qiladi. De Montfort University ning MSci Pharmacy dasturi aynan 5 yilda Britaniya magistri darajasini olish imkonini beradi. Hozirgi kunda universitet uchun zamonaviy o'quv binosi Koreyaning Hanshin, Samsung va Hyundai kompaniyalari konsorsiumi tomonidan barpo etilmoqda.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi