Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilinmoqda

Prezident qaroriga muvofiq, Fuqaro muhofazasi instituti va Malaka oshirish markazi qayta tashkil etilib, yangi ta'lim yo'nalishlari ochilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi instituti hamda Boshlang'ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi Akademiya huzuridagi tegishli institut va markaz etib qayta tashkil etilmoqda.

Yangi fakultet va texnikumlar tashkil etiladi

Qarorga ko'ra, Akademiyaning umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida yagona ta'lim kampusida Qutqaruvchilar tayyorlash texnikumi hamda Xorijiy kadrlarni tayyorlash fakulteti ochiladi. Mazkur fakultet xorijiy davlatlarning favqulodda vaziyatlar tuzilmalariga oliy ma'lumotli kadrlar va professional qutqaruvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish ishlarini ta'minlaydi.

Shuningdek, Akademiyada ikki bosqichli oliy ta'lim tizimida mutaxassislar tayyorlash yo'lga qo'yiladi. Bunda harbiy ta'lim yo'nalishlarida kunduzgi shaklda davlat granti, umumfuqaroviy yo'nalishlarda esa kunduzgi, kechki va masofaviy shakllarda to'lov-kontrakt asosida bakalavrlar o'qitiladi. Magistratura bosqichida ham tegishli vazirlik va idoralar uchun to'lov-kontrakt va davlat granti asosida kadrlar tayyorlanishi belgilangan.

2027/2028 o'quv yilidan joriy etiladigan yangiliklar

Tizimda kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida 2027/2028 o'quv yilidan boshlab tajriba-sinov tariqasida "2+2" ta'lim shakli joriy etiladi. Unga ko'ra, o'qish muddati ikki yil bo'lgan harbiy bakalavriat yo'nalishlariga boshqa oliy ta'lim tashkilotlarining ikkinchi bosqichini tamomlagan talabalar maxsus kasbiy tanlov asosida davlat grantiga qabul qilinadi. Shuningdek, shu yildan boshlab atom energetikasi sohasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong'in xavfsizligini ta'minlash bo'yicha malakali kadrlar tayyorlash ham yo'lga qo'yiladi.

Qarorga muvofiq, respublikaning yirik iqtisodiyot va toifalangan ob'ektlari hamda xavfli ishlab chiqarish korxonalarida ishlayotgan fuqaro muhofazasi mutaxassislari tashkilot buyurtmasiga ko'ra maxsus sinovlarsiz to'lov-shartnoma asosida bakalavriatga imtiyozli qabul qilinadi. Istisno tariqasida, 2022-2023-yillarda Akademiyaga "Yong'in xavfsizligi" va "Texnosfera xavfsizligi" mutaxassisligi bo'yicha qabul qilingan kursantlarning o'qish muddati to'rt yil etib belgilanib, ularga davlat namunasidagi bakalavr diplomi berilishi ko'zda tutilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi