Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Green University va yashil texnikumlarda o'qish jarayoni amaliyot bilan bog'lanadi

Prezident qaroriga muvofiq, Green University va yashil texnikumlarda ta'lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg'unlashtiriladi hamda yangi imtiyozlar belgilan...

TTahririyat 2 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta'lim, ilm-fan va targ'ibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu hujjatga ko'ra, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishini o'rganish universiteti (Green University) hamda maxsus “yashil” texnikumlarda o'qish jarayonini amaliyot bilan uzviy bog'lash ta'minlanadi.

O'quv jarayonida amaliyot ulushi

Qarorga asosan, “yashil” texnikumlar o'quvchilari uchun Ekologiya qo'mitasi hamda Fanlar akademiyasi tizimidagi tashkilotlarda, jumladan, o'rmon xo'jaliklari, gidrometeorologiya stansiyalari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, chiqindi poligonlari, botanika va dendrologiya bog'lari, hayvonot bog'lari hamda ilmiy institutlarning amaliyot uchastkalari tashkil etiladi. Shuningdek, hududlardagi botanika va dendrologiya bog'lariga tegishliligi bo'yicha “yashil” texnikumlar biriktiriladi.

Universitetda to'rt yillik ta'lim dasturi asosida o'quv mashg'ulotlarining nazariya va amaliyot nisbati quyidagicha belgilandi:

  • Birinchi bosqichda: 80 foiz nazariy va 20 foiz amaliy;
  • Ikkinchi bosqichda: 50 foiz nazariy va 50 foiz amaliy;
  • Uchinchi bosqichda: 30 foiz nazariy va 70 foiz amaliy;
  • To'rtinchi bosqichda: 20 foiz nazariy va 80 foiz amaliy.

"Yashil" texnikumlar uchun mo'ljallangan ikki yillik ta'lim dasturida esa nazariy va amaliy mashg'ulotlar ulushi birinchi bosqichda 50 foizdan 50 foizni, ikkinchi bosqichda esa 30 foiz nazariy va 70 foiz amaliy mashg'ulotlarni tashkil etishi ko'zda tutilgan.

Moliyalashtirish, grantlar va ustamalar

Qaror bilan Green University va uning tizimidagi tashkilotlarni rivojlantirish choralari, shuningdek, universitetda joriy etiladigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari ro'yxati tasdiqlandi. OTMga xodimlarning cheklangan umumiy soni va mehnatga haq to'lash fondi doirasida tuzilmalarga o'zgartirishlar kiritish vakolati berildi.

Dunyoning nufuzli "Quacquarelli Symonds" (QS), "Times Higher Education" (THE) va "Shanxay reyting" (ARWU) reytinglarining top-300 taligiga kirgan xorijiy oliy ta'lim muassasalari diplomiga ega bo'lgan hamda universitet o'quv jarayoniga to'liq stavkada jalb qilingan o'qituvchilarga davlat byudjeti mablag'lari hisobidan 200 foiz miqdorida ustama to'lanadi.

Shuningdek, 2026/2027 o'quv yilidan boshlab har yili davlat OTMga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida Green University uchun davlat granti bo'yicha 100 ta, biroq umumiy qabul kvotasining 50 foizidan oshmagan miqdorda kvotalar ajratib boriladi.

Rag'batlantirish va ko'krak nishonlari

2026-yil 1-maydan boshlab tabiatni muhofaza qilish sohasida faollik ko'rsatgan yoshlar va maktab o'quvchilarini rag'batlantirish maqsadida “Yosh ekolog” ko'krak nishoni ta'sis etiladi. U quyidagi uch darajada beriladi:

  • Maktab o'quvchilari uchun III darajali;
  • Texnikum o'quvchilari va oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun II darajali;
  • Xalqaro va mahalliy miqyosda yuqori natijalarga erishgan yoshlar uchun I darajali.

Bundan tashqari, mazkur sanadan boshlab “10 ming qadam piyoda” tajribasi qayta tiklanib, “Sog'lom turmush tarzi” platformasi faoliyati yo'lga qo'yiladi va uning uchun har yili Maxsus jamg'arma mablag'lari hisobidan 10 milliard so'm ajratiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi