Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bagishlangan xalqaro ilmiy konferensiya o'tkazildi

Qashqadaryodagi ijod maktabida O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag'ishlangan "Milliy she'riyat va global tafakkur: Abdulla Oripov fenomeni" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi. Mazkur nufuzli anjuman ijod maktabi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Qarshi davlat universiteti hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida uyushtirildi.

Tadbirda mamlakatimizdagi yetakchi oliy ta'lim muassasalari vakillari qatorida Germaniya, Rossiya, Turkiya va Ozarbayjondan kelgan olimlar, tadqiqotchilar va pedagoglar qatnashdi. Ular shoir ijodining badiiy-estetik xususiyatlari, milliy tafakkurdagi o'rni hamda uning adabiy merosini raqamli ta'lim jarayonlariga integratsiya qilish masalalari bo'yicha o'z fikrlarini bildirdi. Konferensiya avvalida shoir haykali poyiga gulchambar qo'yilib, xotirasiga hurmat ko'rsatildi va ishtirokchilar Abdulla Oripov muzeyi faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, ijod maktabi hududida shoir she'rlariga bastalangan kuy-qo'shiqlar yangradi.

Asosiy yig'ilish davomida shoir ijodida til va ma'no uyg'unligi, uning milliy madaniy identifikatsiyadagi o'rni va zamonaviy ta'lim tizimidagi ahamiyati muhokama qilindi. Xorijiy mutaxassislar bilan ZOOM platformasi orqali muloqotlar tashkil etildi. Tadbir doirasida mazkur ijod maktabining o'qituvchilari va iqtidorli o'quvchilari tomonidan tayyorlangan adabiy-badiiy kompozitsiyalar va musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Anjuman yakunida ilmiy maqolalar to'plami nashr etilib, keng jamoatchilik e'tiboriga havola etildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi