Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Harbiy xizmat va oliy ta'limda o'qish davrlari ish stajiga qanday qo'shiladi?

Fuqarolarning harbiy xizmatdagi va oliy ta'lim muassasasidagi o'qish davrlari mehnat stajiga qo'shilishi bo'yicha qonunchilik talablari ma'lum qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Pensiya yoshiga yetganda yoki mehnat stajini hisoblash jarayonida fuqarolarni ko'p qiziqtiradigan masalalardan biri oliy ta'lim muassasasida o'qigan yillari hamda harbiy xizmat davrining umumiy ish stajiga kiritilishidir. Amaldagi qonunchilikka ko'ra, bu ikkala davr ham ish staji sifatida e'tirof etiladi, biroq ularni hisobga olish o'ziga xos shart va talablarga ega.

Qonunchilikdagi kafolatlar va shartlar

O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida"gi Qonuni ushbu davrlarni stajga qo'shishni kafolatlaydi. Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Aygerim Aripbayevaning tushuntirishicha, mazkur qonunning 37-moddasiga asosan harbiy xizmat va oliy ta'lim davrlari pensiya tayinlashda mehnat stajiga qo'shib hisoblanadi.

Harbiy xizmat davrining hisoblanishi

  • Muddatli va shartnoma bo'yicha harbiy xizmat davrlari to'liq stajga qo'shiladi.
  • Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi organlaridagi xizmat davrlari ham shular jumlasidandir.
  • Bu davrlar ish stajiga qo'shilishi uchun fuqarodan oldindan boshqa ish staji bo'lishi talab etilmaydi va harbiy chipta asosida tasdiqlanadi.

Oliy ta'limdagi o'qish davrining o'ziga xos talablari

  • Oliy ta'lim muassasalari, aspirantura, doktorantura hamda klinik ordinaturadagi faqat kunduzgi ta'lim shaklida o'qish davri hisobga olinadi.
  • Oliygohdagi o'qish davri ish stajiga qo'shilishi uchun fuqaroning kamida 7 yillik umumiy ish staji bo'lishi qat'iy shart qilib belgilangan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi