Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Texnika universiteti talabalari boshqa yotoqxona va ijaraga joylashtirildi

Toshkent shahridagi Texnika universiteti talabalari hali foydalanishga topshirilmagan yotoqxonadan ko'chirilib, boshqa joylarga joylashtirildi.

TTahririyat 1 daqiqa

Poytaxt hokimining o'rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Talabalar shaharchasidagi davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan talabalar turar joyidagi vaziyatni o'rgandi. Ma'lum bo'lishicha, mazkur obyekt hali rasman foydalanishga topshirilmagan bo'lib, uning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmagan va tegishli ruxsatnomalar olinmagan.

Shuningdek, binoda issiq suv hamda isitish tizimlari ishga tushirilmagan, yong'in xavfsizligi talablariga ham javob bermagani aniqlangan. Talabalarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida ular ushbu binodan chiqarilib, universitetning mavjud boshqa talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga to'liq joylashtirildi.

To'lovlar qaytariladi

Ma'lum qilinishicha, mazkur bino uchun avval pul to'lagan talabalardan undirilgan mablag'lar tadbirkor tomonidan uch kun muddatda to'liq qaytarib berilishi ta'minlanadi.

Avvalroq poytaxtdagi Texnika universitetining 300 nafar talabasi yotoqxona uchun pul to'lagan bo'lsa-da, binodan chiqarib yuborilgani, yoshlar bu talab huquq idoralari va universitet ma'muriyati tomonidan qo'yilganini bildirgandi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi