Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari Islom sivilizatsiyasi markazida bo'ldi
JIDU talabalari va professor-o'qituvchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga ma'rifiy tashrif buyurishdi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyas markazida bo'lib, mamlakatimizning ilmiy-ma'naviy merosi bilan tanishdi. Tashrif davomida talabalar va professor-o'qituvchilar ajdodlarimizning ilm-fan rivojiga qo'shgan hissasi, islom sivilizatsiyasining jahon taraqqiyotidagi o'rni haqida batafsil ma'lumot olishdi.
Markazda qo'yilgan noyob qo'lyozmalar, qadimiy tarixiy manbalar va zamonaviy interaktiv ko'rgazmalar yoshlarda katta qiziqish uyg'otdi. Mutaxassislar islom sivilizatsiyasining tarixiy taraqqiyoti hamda global madaniyat va ma'naviy qadriyatlar rivojidagi ahamiyatini tushuntirib berishdi.
Ma'rifiy tashrifning ahamiyati
Bu kabi tadbirlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, tarixiy merosga hurmat tuyg'usini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, talabalarning xalqaro munosabatlar va madaniyatlararo muloqot sohalaridagi bilimlarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tashabbus yoshlarni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalab, ularni yuksak ma'naviyatli va zamonaviy mutaxassislar etib shakllantirishga yordam beradi.
Manba: UzA



