Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda kasbiy ta'lim tizimini rivojlantirish va yangi talablarni joriy etish tartibi belgilandi

O'zbekistonda kasbiy ta'lim tizimini takomillashtirish, mutaxassislarni ishga qabul qilishda diplom yoki malaka sertifikatini talab qilish tartibi belgilanmoqda.

TTahririyat 2 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekistonda kasbiy ta'lim yo'nalishini tubdan isloh qilish va o'rta bo'g'in kadrlar tayyorlash tizimini zamonaviy talablarga moslashtirish bo'yicha qator o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar davlat rahbarining 2025-yil 23-oktabrdagi tegishli farmoni va qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida bajarilmoqda.

Ishga joylashishda malaka sertifikati talab etiladi

Namangan, Samarqand va Toshkent shaharlarida 2027-yil 1-yanvardan boshlab turizm, kosmetologiya hamda umumiy ovqatlanish sohalarida faoliyat yurituvchi shaxslarni ishga qabul qilishda ularning diplomi yoki malaka sertifikatiga ega bo'lishi majburiy etib belgilanadi. Shuningdek, 2027-yil 1-iyuldan boshlab bu talab qurilish sohasi xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. 2028-yildan esa mazkur tizim butun respublika bo'ylab joriy qilinadi. Unga ko'ra, qurilish va aholiga xizmat ko'rsatish sohalarida faoliyat yurituvchi texnik xodimlar faqat tegishli rasmiy hujjatga ega bo'lgan taqdirdagina ishga olinadi. Ma'lum bir kasbni egallagan bo'lsa-da, diplom yoki sertifikati bo'lmagan shaxslarni ishga qabul qilishga yo'l qo'yilmaydi.

Maktabgacha ta'limdan boshlab kasbga yo'naltirish

Qarorga ko'ra, 2026-2027 o'quv yilidan boshlab bolalarni kasb-hunarga yo'naltirish tizimi maktabgacha ta'lim bosqichidan boshlanadi. Xususan:

  • Bog'chalarda 5 yoshdan boshlab "Atrofimizdagi kasblar" dasturi asosida o'yinlar orqali dastlabki tasavvurlar shakllantiriladi.
  • 1-4 sinflarda "Kasblar alifbosi" dasturi orqali kasblarning ahamiyati tushuntiriladi.
  • 5-6 sinflarda "Kasblar olami" dasturi yordamida o'quvchilarning turli mehnat sohalariga qiziqishlari kuchaytiriladi.
  • 7-9 sinflarda "Mening kelajakdagi kasbim" dasturi asosida o'quvchilarning qobiliyatlari aniqlanib, ularni akademik ta'lim yoki kasb-hunarga maqsadli yo'naltirish ishlari olib boriladi.

Texnikumlar faoliyati va xalqaro hamkorlik

Ilgari turli idoralar tasarrufida bo'lgan kollej, kasb-hunar maktablari va texnikumlar Kasbiy ta'lim agentligi tasarrufiga o'tkazilib, yagona tarmoq sifatida tashkil etildi. Maktablarning 9-sinf bitiruvchilari texnikumda o'qishni davom ettirsa, kamida 2 yillik majburiy ta'limni o'tashi shart. Texnikumlarda uch yillik akademik soatlarni a'lo baholar bilan tamomlaganlar oliy o'quv yurtiga ikkinchi kursdan o'qishga qabul qilinadi. 2028-yildan boshlab texnikumga yo'naltirish 9-sinf yakuni bo'yicha o'tkaziladigan imtihon natijalariga ko'ra amalga oshiriladi, 10-sinf o'quvchilariga ham o'qishini texnikumlarga ko'chirishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, xorijiy kompaniyalar va ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturlari yo'lga qo'yilmoqda. Jumladan, Buyuk Britaniya, Germaniya va Koreya Respublikasining nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda kompyuter grafikasi, logistika, qurilish texnologiyalari va hamshiralik yo'nalishlarida kadrlar tayyorlanmoqda. Dual ta'lim shakli ham kengaytirilib, o'quvchilarning korxonalarda amaliyot o'tashi va o'qish davrida ish haqi olishi ta'minlanmoqda.

"Yangi O'zbekiston bunyodkorlari" tanlovi

Yoshlarning iqtidorini qo'llab-quvvatlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun 10 ta kasb bo'yicha 16 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan texnikum o'quvchilari, yoshlar va talabalar o'rtasida "Yangi O'zbekiston bunyodkorlari" milliy tanlovi o'tkaziladi. Tanlov g'oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanib, respublika bosqichi g'oliblariga "WorldSkills International" xalqaro chempionatida ishtirok etish huquqi beriladi. Shuningdek, har yili 5-may sanasi "Kasb va mehnat kuni" sifatida nishonlanishi belgilandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi