Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “O'zbekiston – 2030” strategiyasiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “O'zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosiga bag'ishlangan “Fikrlar marafoni” bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yo'nalishlar bo'yicha islohotlar dasturlarining targ'ibotiga bag'ishlangan “Fikrlar marafoni” tadbiri tashkil etildi.

Islohotlar mazmun-mohiyati va ustuvor vazifalar

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi bilan hamkorlikda o'tkazilgan mazkur tadbirda Prezidentning “O'zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Davlat dasturi to'g'risida”gi farmoni loyihasi hamda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasidagi vazifalar muhokama qilindi. Ishtirokchilarga mahalla institutini mustahkamlash, aholi farovonligini oshirish, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Talabalar ishtiroki va takliflar

Tadbir davomida yoshlarga strategiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur'atlarini jadallashtirish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish hamda qonun ustuvorligini ta'minlashdagi o'rni tushuntirildi. Shuningdek, talabalarning islohotlar jarayonidagi faol ishtirokini rag'batlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Uchrashuv davomida talabalar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni kelgusida amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi