Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Jamoat xavfsizligi universitetida yangi o'quv yilidan qabul kvotalari oshiriladi

Jamoat xavfsizligi universitetida kunduzgi va masofaviy ta'lim shakllari bo'yicha qabul kvotalari ko'paytirilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa

Prezidentning 26-avgustdagi PQ–302-sonli qaroriga asosan, Jamoat xavfsizligi universitetida kadrlar tayyorlash tizimi tubdan takomillashtiriladi. Xususan, ichki ishlar organlarining yo'l harakati xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi, shuningdek, jamoat tartibini saqlash hamda qo'riqlash yo'nalishlarida mutaxassislar tayyorlash ko'lami kengaytiriladi.

Yangi o'quv yilidan qabul ko'rsatkichlari

2026-2027 o'quv yilidan boshlab oliygohning kunduzgi bakalavriat shakli bo'yicha yillik qabul kvotasi 600 nafar kursantgacha ko'paytiriladi. Shuningdek, masofaviy ta'lim yo'nalishida yiliga 300 nafargacha tinglovchini o'qishga qabul qilish belgilandi. Ushbu kvotalarning to'rtdan uch qismi bevosita Ichki ishlar vazirligi ehtiyojlari uchun yo'naltiriladi. Kadrlar taqsimoti IIV talabidan kelib chiqqan holda Prezident administratsiyasining Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo'yicha departamenti bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Yurisprudensiya yo'nalishi va magistratura

Qarorga ko'ra, universitetda Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari uchun yurisprudensiya sohasida oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash yo'lga qo'yiladi. Kunduzgi bo'limda huquqbuzarliklar profilaktikasi, qo'riqlash, yo'l harakati xavfsizligi hamda jamoat tartibini saqlash faoliyati kabi mutaxassisliklar ochiladi. Masofaviy ta'limda esa jamoat xavfsizligini huquqiy ta'minlash yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar o'qitiladi.

Bundan tashqari, harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar va Milliy gvardiya tizimida kamida besh yillik amaliy stajga ega xodimlar uchun alohida magistratura mutaxassisligi joriy etilmoqda. Ular jamoat xavfsizligini ta'minlash faoliyatini tashkil etish mutaxassisligi bo'yicha magistratura bosqichida tahsil oladilar.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi