Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkent viloyatida yuzdan ortiq bola inklyuziv sinflarga qabul qilindi

Toshkent viloyatida joriy o'quv yilining sentabr oyida yuz nafardan ortiq o'quvchi inklyuziv ta'lim tashkil etilgan umumta'lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda har bir bola sifatli ta'lim olishi hamda o'z aqliy va ijodiy salohiyatini to'laqonli namoyon etishi yo'lida zarur sharoitlar yaratib berilmoqda. Jumladan, inklyuziv ta'lim tizimining keng yo'lga qo'yilishi alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning bilim olishi, jamiyatga moslashuvi va ijtimoiy hayotga faol kirishishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ilk qadamlar va quvonchli natijalar

Nurafshon shahrida istiqomat qiluvchi Iforzoda Rahmatullayeva ham ana shunday imkoniyatdan unumli foydalanayotgan o'quvchilardan biri hisoblanadi. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga asosan, u shahardagi 26-sonli umumta'lim maktabining inklyuziv ta'lim joriy etilgan 1-sinfigacha qabul qilindi.

E'tiborlisi, u ilgari maktabgacha ta'lim tashkilotida inklyuziv guruhda birga tarbiyalangan qadrdon do'stlari bilan bir sinfda tahsil olishni davom ettirmoqda. Holat uning yangi muhitga qiyinchiliksiz moslashishi hamda darslarni ko'tarinki kayfiyatda o'zlashtirib borishiga zamin yaratmoqda.

O'quvchining onasi Shahnoza Boboqulovaning ta'kidlashicha, dastlabki paytlarda farzandining sinfdoshlari bilan chiqishib ketishi borasida biroz xavotirlar bo'lgan. Biroq qizi bog'chada birga bo'lgan o'rtoqlari bilan bir sinfda o'qiy boshlagani barchasini osonlashtirgan. Hozirda u maktabga katta ishtiyoq va quvonch bilan qatnab, tengdoshlari bilan qatorlashib ilm olmoqda.

Viloyat bo'yicha ko'rsatkichlar

Mutaxassislarning bergan ma'lumotlariga tayanilsa, joriy o'quv yilining sentabr oyida Toshkent viloyati miqyosida 100 nafardan ziyod o'quvchi inklyuziv ta'lim tashkil etilgan umumta'lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi. Bu kabi tizimli ishlar nogironligi bo'lgan bolalarning kelgusida mustaqil hayotga qadam qo'yishi, jamiyatda o'z o'rnini topishi va faol fuqaroga aylanishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi