Ma'mun universitetida zamonaviy ilm-fan va tarix uyg'unlashgan innovatsion markaz ochildi
Ma'mun universitetida Buyuk Britaniya modeli asosida zamonaviy laboratoriyalar va tarixiy tadqiqotlarni o'z ichiga olgan ilmiy markaz tashkil etildi.
Ma'mun universitetida Buyuk Britaniyadagi Universal World Research Innovation Centre (UWRIC) modeli asosida tashkil etilgan zamonaviy markaz o'z faoliyatini boshladi. Mazkur tashabbus izlanish, innovatsiya va amaliyotni yagona tizim sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.
Ilmdan amaliyotga yo'naltirilgan yagona tizim
Markazning asosiy vazifasi professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar hamda talabalar salohiyatini birlashtirish orqali nazariy bilimlarni patentlar, innovatsiyalar va amaliy yechimlarga aylantirishdan iboratdir. Hozirgi kunda bu maskan tarkibida 19 ta bo'lim, laboratoriya va simulyatsiya markazlari faoliyat yuritmoqda. Ular quyidagi muhim yo'nalishlarni qamrab olgan:
- tarix va madaniy meros tadqiqotlari
- iqtisodiyot va moliya simulyatsiya markazlari
- axborot texnologiyalari va sun'iy intellekt
- tibbiyot simulyatsiya markazlari
- psixologiya va salomatlik
- ta'lim va konferensiya infratuzilmasi
Ushbu infratuzilma talabalarga o'qish jarayonida nazariya va amaliyotni o'zaro uyg'unlashtirgan holda chuqur bilim olish imkoniyatini taqdim etadi.
Ma'mun History ilmiy tadqiqot markazi
Universitetdagi eng o'ziga xos yo'nalishlardan biri sifatida e'tirof etilayotgan “Ma'mun History” ilmiy tadqiqot markazi o'tmishni zamonaviy yondashuvlar asosida anglashga qaratilgan. Mazkur markaz ikki blokdan iborat bo'lib, tarix fanini ham ilmiy laboratoriyalar, ham interaktiv muzey orqali chuqur o'rganish imkonini yaratadi. Birinchi blokda tarixiy jarayonlar faqat nazariy o'qitilib qolmasdan, balki amaliy va ilmiy tadqiqotlar asosida tadqiq etiladi.
Manba: Kun.uz



