Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash imtihon xarajatlarini qoplash tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan xalqaro buxgalteriya sertifikatlari imtihon xarajatlarini qoplab berish tartibi tasdiqlandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish tartibini belgilovchi vaqtinchalik nizom qabul qilindi. Hujjat O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda mamlakatimizda doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga tatbiq etiladi.

Nizomda nimalar belgilangan?

Tasdiqlangan vaqtinchalik nizom quyidagi masalalarni tartibga soladi:

  • imtihon xarajatlari tarkibi hamda xarajatlari qoplanadigan shaxslar toifasi;
  • xarajatlarni qoplab berish tartibi va uni moliyalashtirish manbalari.

Mazkur hujjat 2028-yil 31-dekabrgacha amal qilishi ko'rsatilgan. 2028-yil dekabr oyida kelib tushadigan arizalarni ko'rib chiqish va imtihon xarajatlarini qoplab berish ishlari 2029-yil 20-yanvarga qadar bajariladi.

Davlat xizmatlarini joriy etish muddatlari

Qarorga ko'ra, 2026-yil 1-iyulga qadar ushbu yo'nalishda davlat xizmatini ko'rsatish uchun zarur hujjatlar, ularning namunaviy shakllari hamda blankalari ishlab chiqilib, tegishli tartibda tasdiqlanishi kerak.

Shuningdek, 2026-yil 1-iyunga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligiga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatini kiritish vazifasi yuklatilgan. Vazirlik bilan hamkorlikda ariza beruvchilar taqdim etadigan hujjatlarning avtomatik ravishda talablarga muvofiqligini tekshiruvchi hamda saralovchi tizim ishga tushiriladi. Buning natijasida YIDXPda murojaatlarni har bir bosqichda kuzatib borish imkoniyati yaratiladi va tegishli idoralarning axborot tizimlari o'zaro integratsiya qilinadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi