Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Ma'mun universitetining Tibbiyot fakultetida zamonaviy vivariy ish boshladi

Ma'mun universitetida talabalarning ilmiy-tadqiqot va amaliy ko'nikmalarini oshirishga mo'ljallangan zamonaviy vivariy faoliyati yo'lga qo'yildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Ma'mun universiteti Tibbiyot fakulteti qoshida zamonaviy vivariy tashkil etilib, o'z ishini boshladi. Ushbu maskan ta'lim muassasasida ilmiy-tadqiqot jarayonlarini rivojlantirish, talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash hamda tibbiyot yo'nalishidagi ilg'or tajribalarni o'rganishda asosiy baza vazifasini bajaradi.

Ma'lumki, vivariy tajriba o'tkazish maqsadida hayvonlarni boqish va ko'paytirish uchun mo'ljallangan maxsus maskan bo'lib, u ilm-fan va laboratoriyalar huzurida ochiladi. Tibbiyot, veterinariya hamda biologiya sohalaridagi muhim kashfiyotlar, turli dori vositalarining ta'sirini o'rganish jarayonlari aynan shunday muassasalarsiz tasavvur etib bo'lmaydi.

Amaliyot va ilm-fan uyg'unligi

Endilikda mazkur markazning ochilishi tufayli universitet talabalari o'zlarining tajribaviy tadqiqotlarini bevosita olib borish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Bu esa yoshlarning zamonaviy va ilmiy yondashuvlar asosida faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.

Yangi vivariyning ishga tushirilishi ta'lim dargohida tibbiy ta'lim sifatini yanada yuqori bosqichga ko'tarish hamda amaliyot bilan ilm-fanni bir-biriga uzviy bog'lash yo'lidagi muhim qadamlardan biri bo'ldi. Mazkur imkoniyatlar kelgusida raqobatbardosh, yetuk va zamonaviy bilim darajasiga ega tibbiyot kadrlarini tayyorlab chiqarishga xizmat qiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi