Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Maxsus maktab-internatda ta'lim berish va alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlash jarayoni

Toshkentdagi maxsus maktab-internatda alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishning o'ziga xos jihatlari va pedagoglar faoliyati haqida.

TTahririyat 1 daqiqa

Toshkent shahrining Qorasuv mavzesida joylashgan 105-sonli maxsus maktab-internat hovlisida kun erta tongdan boshlanadi. Mazkur maskan aqliy rivojlanishida yengil va o'rta darajadagi nuqsoni bor, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolajonlarga mo'ljallangan bo'lib, ularni jamiyatga moslashtirishga xizmat qiladi. Ertalab soat 8:30 da maktab tarbiyachisi bolalarni boshlang'ich sinf o'qituvchisi Nargiza opa Hayitoxunovaga topshirishi bilan darslar boshlanadi. Darsdan keyin ham internatda qoladigan o'quvchilar tarbiyachilar nazoratida uy vazifalarini bajarib, qo'shimcha mashg'ulotlar bilan shug'ullanadi.

Sabr va samimiyat talab etiladigan jarayon

Sinfxonaga kirganda o'zgacha muhit seziladi. “Ona tili” darsida ustoz unli va undosh tovushlarni, lotin alifbosidagi harflarni o'quvchilarga alohida yondashuv asosida tushuntiradi. Aqliy rivojlanishi sekinlashgan bolalarga bilim berish oddiy metodika bilan cheklanmay, cheksiz sabr va samimiyatni talab etadi. Bolalarning xarxashasi yoki e'tiborsizligiga ustoz aslo ovoz ko'tarmaydi. Ota-onalarning e'tirof etishicha, murg'ak qalblar Nargiza opani ko'rganda yugurib kelib quchoqlaydi.

36 yillik tajriba va darslik muallifligi

“O'tgan o'quv yilida birinchi sinfga kelganida ancha qiyin bo'lgan edi. Ota-onalar kelib, farzandlaridagi kichik bo'lsa-da yutuqni ko'rib quvonganda mehnatimiz besamar ketmaganini his qilaman”, - deydi ustoz. Nargiza opa 36 yillik tajribaga ega pedagog bo'lish bilan birga, defektolog, logoped va 2-sinflar uchun mo'ljallangan maxsus “Ona tili” darsligining hammuallifidir. Shuningdek, u 15 yil davomida tibbiy-pedagogik komissiyada ham faoliyat yuritgan.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi