Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Muddatli harbiy xizmatdagi yoshlarga oliygohlarda masofaviy o'qish imtiyozlari beriladi

2026-2027 o'quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan yoshlar uchun oliy ta'lim olish va kasb-hunar o'rganishda qator imtiyozlar yaratilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa

Yig'ilishda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarni kasbga o'rgatish, ularning sifatli ta'lim olishi uchun sharoit yaratish hamda armiyada kitobxonlikni ommalashtirish masalalari ko'rib chiqildi. Unga ko'ra, 2026-2027 o'quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatdagi yoshlarga qator imtiyozlar hamda kafolatlar berilishi nazarda tutilmoqda.

Oliy ta'lim va masofaviy o'qish imkoniyatlari

Endi muddatli harbiy xizmatchilar uchun xizmat davrida oliygohlarga o'qishga kirib, masofaviy ta'lim olish imkoniyati yaratilmoqda. Bu jarayonda ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlikda harbiy qismlarda abituriyentlarni tayyorlash kurslari tashkil etilib, oliygohlarning kirish imtihonlariga tayyorlash tizimi yo'lga qo'yiladi.

Shartnoma asosida o'qishga qabul qilingan askarlarga foizsiz imtiyozli kredit ajratiladi. Eng muhimi, oliy ta'lim muassasalariga qabul qilingan askarlar harbiy fakultetlar talabalariga tenglashtirilib, o'qishni tamomlagandan so'ng ularga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi. Shuningdek, namunali xizmat o'tagan, respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda fan olimpiadalarida birinchi o'rinni egallagan askarlarni test sinovlarisiz o'qishga qabul qilish tartibi belgilanmoqda.

Kasb-hunar o'rganish va qo'shimcha imtiyozlar

Joriy etilayotgan imtiyozlardan yana biri – askarlar uchun harbiy xizmat davomida "Bitta askar – bitta kasb" tamoyili asosida 3-6 oylik o'quv kurslari tashkil etilib, ularga davlat namunasidagi maxsus sertifikat beriladi. Muddatli harbiy xizmatdan qaytib, xususiy sektorda faoliyat yuritmoqchi bo'lgan yoshlarning kasb-hunarga o'qish xarajatlari vaucher asosida Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi tomonidan qoplab beriladi.

Davlat tashkilotlariga ishga kirish istagini bildirgan yoshlarga esa Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan o'tkaziladigan test sinovlarida 10 foizlik imtiyoz ballari qo'shib beriladi. Bundan tashqari, harbiy xizmatchilarning kitobxonlikka qiziqishini oshirish maqsadida joriy yildan boshlab har yili Qurolli Kuchlarning barcha toifadagi harbiy xizmatchilari o'rtasida to'rt bosqichli "Ma'naviyat qalqoni" respublika kitobxonlik tanlovi o'tkaziladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi