El-yurt umidi jamgarmasi 2026-yilgi 1-stipendiya tanlovi uchun 500 ta kvota ajratdi
El-yurt umidi jamgarmasi nufuzli xorijiy universitetlarda oqish uchun 2026-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini elon qildi.

El-yurt umidi jamgarmasi Boshqaruvi kengashining qaroriga asosan, nufuzli xorijiy oliygohlarning bakalavriat, magistratura hamda doktorantura bosqichlarida o'qish istagida bo'lganlar uchun 2026-yilgi birinchi ochiq stipendiya tanlovi boshlandi.
Kvotalar taqsimoti
Jamg'arma malumotiga ko'ra, 2026/2027-o'quv yili uchun chet elda tahsil olish maqsadida jami 500 ta o'rin ajratilgan. Shundan bakalavriat dasturlari uchun 167 ta, magistratura bosqichi uchun 232 ta, doktorantura uchun esa 38 ta kvota ajratilishi ko'zda tutilgan. Shuningdek, Prezident qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarish doirasida yana qo'shimcha 63 ta kvota ajratilgan.
Hujjat topshirish tartibi
Tanlovda qatnashishni istagan nomzodlar uchun barcha shartlar teng va yagona tartibda belgilanadi. Hujjatlarni onlayn platforma orqali joriy yilning 24-apreliga qadar tunu kun, yani 24/7 rejimida taqdim etish mumkin.
Manba: UzA



