Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Muddatli harbiy xizmatni o'tayotganlar uchun oliy ta'lim olish imkoniyati yaratiladi

2026/2027-o'quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatdagi askarlar masofaviy ta'lim shakliga o'qishga kirish va imtiyozli ta'lim kreditidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda Qurolli Kuchlar safida xizmat qilish nufuzini oshirishga qaratilgan islohotlar doirasida muhim qaror qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-apreldagi PQ-134-son qaroriga asosan, muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan askarlar uchun ta'lim olish imkoniyatlari sezilarli darajada kengaytirilmoqda.

Yangi o'quv yilidan joriy etiladigan tartib

Qarorga ko'ra, 2026/2027-o'quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan yigitlar oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqichi masofaviy ta'lim shakliga abituriyent sifatida ro'yxatdan o'tish huquqiga ega bo'ladilar. Shuningdek, ular belgilangan kirish imtihonlarida to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etishlari va muvaffaqiyatli o'tgan taqdirda talabalikka qabul qilinishlari mumkin.

Imtiyozli kredit va yaratiladigan shart-sharoitlar

Sinov natijalariga ko'ra to'lov-kontrakt asosida o'qishga tavsiya etilgan harbiy xizmatchilarga amaldagi tartib asosida imtiyozli ta'lim krediti ajratib beriladi. Mazkur chora-tadbirlar yoshlarni harbiy xizmatga yanada kengroq jalb etish, ularning o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi hamda kasbiy va shaxsiy rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi