Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

Namangan davlat universiteti Filologiya fakultetining 2025/2026-o'quv yilida bakalavriat bosqichini tamomlagan talabalariga tantanali ravishda diplomlar berildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Namangan davlat universiteti Filologiya fakultetida 2025/2026-o'quv yilida bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Tantanali tadbirda universitet rektori Abdug'affor Qirg'izboyev bitiruvchilarni qutlab, ularning kelgusidagi faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar tiladi. Ta'kidlanganidek, universitetda egallangan bilim va tajriba yoshlarning jamiyatda munosib o'rin topishi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo'lida samarali faoliyat yuritishiga mustahkam zamin yaratadi.

Shundan so'ng bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, o'quv yili davomida ilm-fan, ta'lim, madaniyat, sport va boshqa yo'nalishlarda yuqori natijalarga erishgan, respublika va xalqaro tanlovlar, fan olimpiadalari hamda universitet miqyosida o'tkazilgan turli tanlovlarda g'olib bo'lgan talabalar taqdirlandi. Ularga tashakkurnomalar va esdalik sovg'alari topshirildi.

Ma'lumot o'rnida, 2025/2026-o'quv yilida Filologiya fakultetining kunduzgi ta'lim shaklini 210 nafar, sirtqi ta'lim shaklini 317 nafar va kechki ta'lim shaklini 48 nafar talaba tamomladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi