Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkentda yetakchi xorijiy oliygohlar uchun maxsus universitetlar shaharchasi tashkil etilishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda xalqaro universitetlar shaharchasini barpo etish taklifi bilan tanishdi.

TTahririyat 1 daqiqa

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 iyul kuni xalqaro ta'lim standartlari asosida o'rta maxsus, kasbiy va oliy ta'lim dasturlarini joriy etish hamda nufuzli xorijiy universitetlar bilan akademik hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Xalqaro tajriba asosida yangi kampus

Taqdimot davomida yetakchi xorijiy oliygohlar joylashadigan Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Bunda Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari va Koreya Respublikasining ilg'or tajribalaridan foydalanish taklif qilindi. Xususan, Qatardagi “Education City”, Dubay xalqaro akademik shahri hamda Inchxon global kampusi amaliyoti namuna qilib ko'rsatildi.

Imtiyoz va shart-sharoitlar

Universitetlar shaharchasida nufuzli xorijiy oliygohlar filiallarini jalb qilish, kampuslar va talabalar turar joylarini barpo etish ko'zda tutilgan. Shuningdek, litsenziya talablarini soddalashtirish, grant va stipendiyalar ajratish, bojxona va soliq imtiyozlarini qo'llash, shuningdek, royalti to'lovlarining bir qismini qoplab berish bo'yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi. Asosiy maqsad O'zbekistonni xalqaro ta'lim dasturlari va standartlari keng joriy etilgan, mintaqadagi yetakchi ta'lim markaziga aylantirish ekani ta'kidlandi.

Prezident bildirilgan takliflarni ma'qullab, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi