Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Namangan maktabida yuqori natijalarga erishayotgan ilgor ustozlar faoliyati

Yangi Namangan tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'qituvchilarining erishgan yutuqlari va ularning shogirdlari natijalari haqida.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Yangi Namangan tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg'or tajribalarni dars jarayoniga tatbiq etish hamda o'quvchilarga zamonaviy bilimlar berishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Maktabda 11 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Gulshoda Hakimova darslarni samarali tashkil etishda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanadi. Uning “Usmon Nosir hayotini binar dars usulida o'rganish” mavzusidagi metodik tavsiyasi respublika miqyosida ommalashtirilgan. Ingliz tilini o'rganib, tegishli til bilish sertifikatiga ega bo'lgan bu pedagog 70 foizlik ustama oladi. Shuningdek, u “Yil o'qituvchisi” tanlovida g'olib chiqib, 616 million so'mlik mukofot bilan taqdirlangan. Ustozning 100 nafardan ziyod shogirdi milliy sertifikat sohibi bo'lgan.

Xorijiy tillarni o'rgatish va xalqaro tajriba

Ta'lim dargohida xorijiy tillarni o'rgatish masalasiga ham jiddiy yondashilmoqda. Xususan, ingliz tili fani o'qituvchisi Sadiya Abbosova rahbarligidagi “Ta'lim grantlari” to'garagida 20 nafar qiz ingliz tilini chuqur o'rganmoqda. O'quvchilar bu yerda xalqaro loyihalarda qatnashish va ta'limiy imkoniyatlardan foydalanish bo'yicha ko'nikmalarini oshirmoqda.

Sadiya Abbosova o'tgan o'quv yilida Qozog'istonda o'tkazilgan xalqaro o'qituvchilar treningida qatnashgan. U turli mamlakatlardan kelgan 250 nafar hamkasbi bilan birgalikda ingliz tilini o'qitishning zamonaviy metodlari bo'yicha tajriba almashdi. Pedagogning samarali mehnati natijasida uning 60 nafardan ziyod shogirdi milliy va xalqaro til bilish sertifikatlarini qo'lga kiritgan.

Mazkur natijalar o'qituvchilarning izlanishlari va ilg'or tajribalarni qo'llashi o'quvchilarning bilim saviyasini oshirishda muhim omil ekanini ko'rsatadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi