Navoiy davlat universiteti nufuzli xalqaro reytingdagi o'rnini yaxshilandi
Navoiy davlat universiteti Times Higher Education Impact Rankings 2026 xalqaro reytingida 601-800 o'rinlarni egalladi.

Navoiy davlat universiteti dunyoning nufuzli Times Higher Education Impact Rankings 2026 xalqaro reytingida o'z mavqeini sezilarli darajada yaxshilab, 601-800 o'rinlar oralig'idan joy oldi. Eslatib o'tamiz, o'tgan yili mazkur oliygoh 801-1000 o'rinlar oralig'ida qayd etilgan edi.
Yo'nalishlar bo'yicha yuqori natijalar
Reytingning alohida yo'nalishlari bo'yicha ham oliy ta'lim muassasasi yuqori ko'rsatkichlarni qayd etdi:
- "Sifatli ta'lim" maqsadi bo'yicha 400-600 o'rinlar;
- "Gender tengligi" bo'yicha 200-300 o'rinlar;
- "Barqaror va yashil energiya" yo'nalishida 300-400 o'rinlar;
- "Sog'liq va farovonlik" maqsadi bo'yicha 301-400 o'rinlar oralig'ida.
Oliyhgoh rektori Muhiddin Kalonovning ta'kidlashicha, mazkur muvaffaqiyat mamlakatda ta'lim sifatini xalqaro standartlar asosida tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish hamda muassasalarning akademik va moliyaviy mustaqilligini kengaytirish borasidagi islohotlar samarasidir. Bu yutuq universitet professor-o'qituvchilari, ilmiy xodimlari hamda talabalarning fidokorona mehnati natijasidir.
Hozirgi kunda universitetda zamonaviy ta'lim texnologiyalarini tatbiq etish, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, talabalarning innovatsion tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Manba: UzA



