Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Navoiy davlat universiteti va Bucheon universiteti hamkorlikni kengaytirmoqda

Navoiy davlat universiteti va Koreyaning Bucheon universiteti 2027-yildan qo'shma ta'lim dasturlarini ochish bo'yicha kelishuvga erishdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Bucheon universiteti rektori, professor Xan Chyung Suchning taklifiga binoan Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muhiddin Kalonov Koreya Respublikasida xizmat safarida bo'ldi. Tashrif doirasida u universitetning yangi Sosa kampusi ochilish marosimi hamda global akademik hamkorlikka bag'ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

O'n oltidan ortiq davlat vakillari qatnashgan mazkur xalqaro anjumanda universitetlararo aloqalarni rivojlantirish, akademik mobillikni ta'minlash, qo'shma ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish hamda ilmiy-tadqiqot yo'nalishidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Yangi qo'shma dasturlar va loyihalar

Navoiy davlat universiteti rektori M.Kalonovning ta'kidlashicha, ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasida 2027-yildan boshlab yangi qo'shma ta'lim dasturlarini ochish, xususan, dastlab bakalavriat bosqichida ta'lim berish hamda ilmiy-innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishilgan. Shuningdek, tomonlar professor-o'qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yanada kengaytirishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, Navoiy davlat universitetida maxsus Sport ilmiy-reabilitatsiya markazini tashkil etish ham ko'zda tutilgan.

Tadbir yakunida ishtirokchilar joriy yilning 9-sentabr kuni Navoiy davlat universitetida o'tkaziladigan Koreys tili va koreys madaniyati markazining ochilish marosimiga rasman taklif etildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi