Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Navoiy viloyatida yangi o'quv yilida birinchi sinfga qabul qilingan o'quvchilar soni ma'lum qilindi

Navoiy viloyatining 367 ta maktabida yangi o'quv yili boshlanib, 22 ming 35 nafar bola 1-sinfga qabul qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Joriy yilda mamlakatimizdagi barcha ta'lim maskanlarida bo'lgani kabi, Navoiy viloyatida ham yangi o'quv yili boshlanishi munosabati bilan tantanali “Bilimlar kuni” tadbirlari tashkil etildi. Viloyatdagi 367 ta umumta'lim maktabida ilk bor dars jarayonlari boshlanib, 1-sinfga jami 22 ming 35 nafar o'quvchi qabul qilindi.

Viloyat hokimi Normat Tursunov Navoiy shahridagi 19-umumta'lim maktabida o'tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etib, davlat rahbarining o'quvchi va ustozlarga yo'llagan tabrigini o'qib eshittirdi. Shuningdek, barcha ta'lim muassasalariga qadam qo'ygan jajji bolajonlarga o'quv qurollaridan iborat Prezident sovg'alari topshirildi va ilk darslar “Kelajak soati” mashg'ulotlari bilan boshlandi.

Maktablar infratuzilmasini yaxshilash va moddiy-texnik baza

Hududda ta'lim muassasalarining infratuzilmasini yaxshilash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, bu maqsadlar uchun jami 179 milliard so'm mablag' yo'naltirildi. 60 ta umumta'lim maktabida qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilib, 6 ming 200 ta yangi o'quvchi o'rni yaratildi. Shuningdek, 16 ming 806 ta mavjud o'quvchi o'rnini mukammal ta'mirlashga 146 milliard so'm sarflandi, buning natijasida 2,5 va 3 koeffitsiyentda ishlaydigan maktablar to'liq tugatildi. Respublika va mahalliy byudjet hisobidan ajratilgan 9 milliard so'm mablag' evaziga 1033 dona kompyuter hamda 74 dona elektron doska olib berildi.

Ta'lim sifati va bitiruvchilar yutuqlari

Viloyatdagi 19-maktab misolida ham ta'lim sifati va pedagogik kadrlar salohiyati yuqoriligi ko'zga tashlanadi. Mazkur ta'lim maskanida 1923 nafar o'quvchiga 194 nafar pedagog saboq bermoqda. Jamoada 5 nafar fan doktori va nomzodlari, shuningdek, oliy, birinchi va ikkinchi toifali o'qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Mustaqillikning 35 yilligi arafasida maktabning 810 o'rinli qo'shimcha binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Maktab bitiruvchilarining erishayotgan natijalari ham e'tirofga loyiq. Joriy yilda 209 nafar 11-sinf bitiruvchisining 136 nafari davlat, 44 nafari xususiy oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirdi. Shundan 15 nafari muddatidan oldin talaba bo'lgan bo'lsa, 4 nafar o'quvchi grant asosida AQSHdagi, 1 nafari esa Turkiyadagi nufuzli universitetlarga qabul qilindi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi