Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Navoiyda talabalar "4+2" dual ta'lim dasturi asosida amaliyot o'tamoqda

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari "Navoiyazot" AJda dual ta'lim asosida dars o'tmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda oliy ta'lim tizimida amaliy yo'nalishlarni kengaytirish hamda yosh kadrlarni bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog'lashga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, dual ta'lim shakli talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko'nikmalar bilan mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ishlab chiqarish va o'quv jarayonining uyg'unligi

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Kimyo-metallurgiya fakultetining "Kimyoviy texnologiya" kafedrasi yuqori kurs talabalari “Navoiyazot” AJning Markaziy laboratoriyasi hamda zamonaviy ishlab chiqarish maydonlarida tahsil olmoqda. Ular bu yerda "4+2" dual ta'lim dasturi doirasida amaliy va tajriba darslarini davom ettirmoqda.

Mazkur jarayonda yoshlarning sohaga oid ko'nikmalarini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar muhayyo etilgan. O'quv jadvaliga ko'ra, 3-bosqich talabalari haftaning payshanba va juma kunlari, 4-bosqich o'quvchilari esa seshanba va chorshanba kunlari korxonada bo'lishadi. Ular "Umumiy kimyoviy texnologiya", "Organik sintez texnologiyasi", "Energotexnologiya" hamda "Maishiy noorganik kimyoviy vositalar texnologiyasi" fanlaridan amaliy mashg'ulotlarda qatnashmoqda.

Ilmiy izlanishlar va amaliy tadqiqotlar

Talabalar mashg'ulotlar davomida kimyoviy jarayonlar natijasida yuzaga keladigan ikkilamchi mahsulotlarni sanoat tovarlariga qayta ishlash texnologiyalarini ilmiy va amaliy jihatdan o'rganishmoqda. Bu kabi amaliyotlar bo'lajak mutaxassislarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish bilan bir qatorda, ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirishga ham xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda amalga oshirilayotgan bunday islohotlar yosh kadrlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni zamonaviy korxonalar talablariga mos ravishda tayyorlash hamda mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun malakali mutaxassislar yetishtirib berishni maqsad qilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi