Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Nukus shahri maktablarida o'qituvchilar uchun press-tur tashkil etildi

Nukus shahridagi umumta'lim maktablarida o'qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga bag'ishlangan press-tur o'tkazildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Qoraqalpog'iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tomonidan Nukus shahridagi 6-, 32- va 53-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarida “Kasbiy rivojlanish kuni” hamda “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining borishiga bag'ishlangan press-tur uyushtirildi. O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Qoraqalpog'iston bo'limi bilan hamkorlikdagi mazkur tadbir davlat rahbarining 2024-yil 21-iyundagi qarori va Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etildi. Unda 2025-2026 o'quv yilida o'qituvchilar uchun joriy etilgan uzluksiz kasbiy rivojlanish tadbirlarining mazmun-mohiyati va ta'lim sifatiga ta'siri tanishtirildi.

Maktablardagi amaliy jarayonlar

Ishtirokchilar dastlab 6-sonli maktabda bo'lib, metodik ishlar, fanlar kesimidagi ochiq darslar va ilg'or pedagogik yondashuvlar bilan tanishdi. Shuningdek, filologiya yo'nalishidagi mashg'ulotlar hamda “Xalqim dono desam bo'lur” to'garagi faoliyati qiziqish uyg'otdi. 32-sonli maktabda esa 9-sinfda ingliz tili fanidan ochiq dars va 8-sinfda biologiya fanidan amaliy mashg'ulot kuzatilib, ularda interfaol metodlar va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar qo'llanildi.

Ochiq darslar va yakuniy xulosalar

Shuningdek, 53-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida rus tili va ona tili fanlari bo'yicha metodik hamkorlik ishlari, shuningdek, 5-sinfda tabiiy fandan “Magnit kuchi” mavzusida ochiq dars namoyish etildi. Darslarda zamonaviy texnologiyalar va amaliy tajribalar qo'llanilib, o'quvchilarning mavzuni chuqur anglashiga e'tibor qaratildi. Press-tur yakunida barcha ta'lim muassasalarida yo'lga qo'yilgan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining ahamiyati yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi