Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Nukus shahrida “Kelajak” markazi faoliyati boshlandi

Prezident qaroriga asosan “Barkamol avlod” bolalar maktablari negizida tashkil etilayotgan “Kelajak” markazi Nukus shahrida ham o'z ishini boshladi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda maktabdan tashqari ta'lim tizimini yanada rivojlantirish borasida ishlar izchil davom etmoqda. Davlatimiz rahbarining 2025 yil 8 sentyabrda imzolangan “Maktabdan tashqari ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan respublika bo'ylab “Barkamol avlod” bolalar maktablari negizida maxsus “Kelajak” markazlari barpo etilmoqda.

Yangi markazda yo'lga qo'yilgan to'garaklar

Mazkur islohotlar ijrosi doirasida joriy yil boshidan Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahrida ham “Kelajak” markazi o'z faoliyatini muvaffaqiyatli boshladi. Hozirgi kunda ushbu maskanda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni kasb-hunar va ilm-fanga yo'naltirish maqsadida jami 63 ta to'garak faoliyat yuritmoqda.

Qamrov ko'rsatkichlari

Markazda ta'lim olish uchun yoshlar bir nechta asosiy yo'nalishlarga jalb qilingan:

  • Madaniyat va san'at
  • Texnika, konstruktorlik va modellashtirish
  • Jismoniy tarbiya va sport
  • Hunarmandchilik va qo'l mehnati
  • Turizm va ekologiya
  • Oliy ta'lim muassasalariga va maktabga tayyorlov
  • Xorijiy tillar

Bugungi kunda mazkur yo'nalishdagi to'garaklarga jami 2 ming 100 nafardan ortiq o'quvchi qamrab olingan. Shu bilan birga, markazning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida shahar hududidagi bir qator umumta'lim maktablarida ham uning maxsus tarmoq to'garaklari tashkil etilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi