Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Oliy attestatsiya komissiyasiga yangi rahbar tayinlandi

Munira Aminova Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi lavozimiga tayinlandi.

TTahririyat 1 daqiqa

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Aminova Munira Abdugafurovna Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Yangi rahbarning faoliyati

Tayinlov amalga oshirilishidan avval u Toshkent shahrida Buyuk Britaniyaning Qirollik qishloq xo'jaligi universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Xalqaro qishloq xo'jaligi universiteti rektori lavozimida faoliyat ko'rsatib kelgan. Munira Aminova o'zining mehnat faoliyati davomida Moliya vazirligi, Xalqaro Vestminster universiteti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Xalqaro ma'muriy fanlar instituti, Yevropa Ittifoqi dasturlarida hamda Belgiya va Niderlandiyaning oliy ta'lim muassasalarida rahbarlik, ekspertlik va ilmiy-pedagogik lavozimlarda mehnat qilgan. Shuningdek, u 2024-yildan buyon Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi sifatida ham ishlab kelayotgan edi.

Ma'lumoti va ilmiy darajasi

Munira Aminova siyosiy fanlar doktori ilmiy darajasiga ega. U o'z vaqtida Toshkent davlat texnika universiteti, Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti hamda Bryussel Vrije universitetida tahsil olgan.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi