Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Ta'lim sohasida qabul qilinayotgan qarorlar kelajak avlod imkoniyatlarini belgilaydi

Toshkentda o'tayotgan Markaziy Osiyo xalqaro ta'lim forumida ta'lim sifatini oshirish va yoshlar salohiyatini ro'yobga chiqarish masalalari muhokama qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Toshkent shahrida Markaziy Osiyo xalqaro ta'lim forumi o'z ishini boshladi. Unda ta'lim tizimining muvaffaqiyatini faqat oliygohlar soni yoki xalqaro shartnomalar bilan baholab bo'lmasligi, eng asosiy mezon yoshlarning bilimi va mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi ekani ta'kidlandi.

Ta'lim tizimi va iqtisodiy qudrat

O'zbekiston Respublikasi ta'lim va ilm-fan vaziri Erkin Turdimov anjumanning ochilishida so'zga chiqib, texnologiyalar va sun'iy intellekt jadal rivojlanayotgan davrda ta'lim davlatning ixtiyoriy majburiyati emas, balki uning texnologik mustaqilligi va xalqaro raqobatbardoshligini ta'minlovchi strategik omilga aylanganini qayd etdi. Bugungi kunda qabul qilinayotgan qarorlar kelajakdagi iqtisodiyot va yoshlarning imkoniyatlarini belgilab berishi aytildi.

Demografik imkoniyatlar va oliy ta'lim ko'rsatkichlari

Mintaqa aholisining yarmidan ko'pini 30 yoshgacha bo'lgan qatlam tashkil etishi ulkan intellektual imkoniyat ekani, biroq bu demografik ustunlikni sifatli ta'lim va zamonaviy kasblar orqaligina taraqqiyot omiliga aylantirish mumkinligi bildirildi. Shuningdek, diplomning qiymati qaysi universitet bergani bilan emas, balki egasining bilimi bilan o'lchanishi urg'ulandi.

Bugungi kunda mamlakatimizdagi oliygohlar soni 205 taga, xorijiy universitetlar va ularning filiallari 35 taga yetdi. Oliy ta'lim qamrovi 9 foizdan 44 foizga oshdi, talabalarning 55 foizini xotin-qizlar tashkil qilmoqda. O'zbekiston Yaponiya, Xitoy, Turkiya, AQSH, Germaniya, Polsha, Fransiya, Italiya va Buyuk Britaniya kabi davlatlar bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'ygan.

Xalqaro hamkorlik va istiqbolli rejalar

Anjumanda Markaziy Osiyoni yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar markaziga aylantirish niyati borligi ma'lum qilindi. Bu borada Turkiya, Ozarbayjon, Pokiston, Gruziya va Chexiya Respublikasi kabi davlatlarning ilmiy-akademik tajribasi muhimligi qayd etilib, barcha hamkorlar amaliy sheriklikka chorlandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi