Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Oliy o'quv yurtlarida bo'sh qolgan o'rinlar uchun qo'shimcha qabul boshlanadi

Hukumat qaroriga ko'ra, OTMlarda minimal ball to'plab, lekin talabalikka kirolmaganlar uchun vakant o'rinlarga tanlovda qatnashish imkoniyati yaratildi.

TTahririyat 1 daqiqa

Hukumatning tegishli qarori bilan oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.

Vakant o'rinlar uchun qo'shimcha tanlov

Tasdiqlangan yangi tartibga asosan, kirish imtihonlarida ishtirok etib, zarur minimal ballni qo'lga kiritgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar bo'sh qolgan o'rinlar mavjud bo'lgan ta'lim yo'nalishlari tanlovida qatnashish huquqiga ega bo'ldilar.

Imtihon natijalari e'lon qilinganidan keyin bir hafta o'tgach, abituriyentlarga fanlar majmuasi hamda ta'lim tili mos keladigan vakant yo'nalishlarga ro'yxatdan o'tish uchun yana bir hafta muddat beriladi. Bo'sh o'rinlarga qabul jarayoni abituriyentlarning to'plagan ballari ketma-ketligiga, ya'ni reyting talablariga qat'iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Bunda talabalikka tavsiya etilganlar bazaviy to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilinishi belgilandi.

Rasmiylashtirish va yangi vakolatlar

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan shakllantirilgan qaydnomalar oliy ta'lim tashkilotlarida qabul bo'yicha tegishli buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Shu bilan birga, qabul tartibining 74-bandiga ham o'zgarishlar kiritilgan bo'lib, unga ko'ra, ilgari Davlat komissiyasi vakolatiga kirgan ayrim qarorlarni qabul qilish vakolati endilikda bevosita oliy ta'lim tashkilotining rektori yoki direktoriga o'tkazildi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi