Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Oliy o'quv yurtlarida o'qishni ko'chirish va tiklash uchun ariza topshirish boshlandi

O'zbekistonda davlat OTMlariga o'qishni ko'chirish va qayta tiklash bo'yicha onlayn arizalarni qabul qilish yo'lga qo'yildi.

TTahririyat 1 daqiqa

Respublikadagi davlat oliy ta'lim tashkilotlari o'rtasida o'qishni ko'chirish yoki tiklash, shuningdek, bir OTM doirasida o'rnini o'zgartirish jarayonlari boshlandi. Belgilangan tartiblarga ko'ra, mazkur yo'nalishdagi arizalar transfer.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi. Ushbu tartib faqat qonunchilikda ko'rsatilgan ikki turdagi uzrli sabab mavjud bo'lgan holatlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Shu bilan birga, xorijiy hamda nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat OTMlarining mos va turdosh bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o'qishini ko'chirmoqchi bo'lganlar uchun alohida tizim belgilangan. Bunday murojaatlar my.uzbmb.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

Sertifikatlarni tekshirish va baholash tartibi

Joriy etilgan yangi tartibga asosan, xorijiy va nodavlat OTMdan davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishni ko'chirish jarayonida umumta'lim fanlari hamda chet tili bo'yicha mavjud milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik ravishda aniqlanadi. Talabgorlarning xalqaro sertifikatlari esa boshqa kerakli hujjatlar qatorida elektron shaklda yuklanishi lozim.

Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 11 iyundagi 299-sonli qaroriga muvofiq, chet tili va umumta'lim fanlari bo'yicha milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo'lgan talabgorlarga tegishli fanlar bo'yicha tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball taqdim etiladi.

Eslatib o'tamiz, talabgorlardan onlayn arizalarni qabul qilish jarayoni 2026 yil 5 avgust kuniga qadar davom etadi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi