Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga onlayn ro'yxatdan o'tish boshlandi

OTM bakalavriatiga qabul ikki bosqichda — «avval test, so'ng tanlov» tamoyili asosida o'tkaziladi.

TTahririyat 1 daqiqa

Prezidentning PF-81-sonli farmoniga muvofiq, OTM bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bunda «avval test, so'ng tanlov» tamoyili qo'llaniladi.

Birinchi bosqich va ro'yxatdan o'tish

Birinchi bosqichda abituriyentlar 5 iyundan 25 iyunga qadar Bilimni baholash agentligining rasmiy sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tadilar. Bu jarayonda ta'lim tili, fanlar majmuasi hamda test topshirish hududi tanlanadi. Alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshiruvchi shaxslar qo'shimcha ravishda ta'lim yo'nalishi va kasbiy yoki ijodiy imtihon topshiriladigan oliygohni ham belgilashlari lozim.

Kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o'tkaziladi. Test natijalari imtihon topshirilgan kunning ertasiga e'lon qilinadi.

Ikkinchi bosqich va shtablar faoliyati

Imtihonlar to'liq yakunlanganidan keyin abituriyentlarga 15 kun davomida OTM, bakalavriat ta'lim yo'nalishi, ta'lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlash imkoniyati beriladi. Talabalikka tavsiya etilganlar ro'yxati qabul jarayonining ikkinchi bosqichi tugallanganidan keyin bir hafta ichida ma'lum qilinadi.

Shuningdek, abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga yaqindan yordam berish va maslahat taqdim etish maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda barcha oliy ta'lim muassasalarida «Qabul-2026» shtablari faoliyati yo'lga qo'yildi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi