Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Oliy ta'lim muassasalarida «Dolzarb qirq kunlik» tadbirlari boshlandi

Oliy ta'lim vazirligi buyrug'i bilan OTMlarda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ko'rish maqsadida 20-avgustdan 30-sentabrgacha «Dolzarb qirq kunlik» deb e'lon qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 21-avgustdagi 356-son buyrug'iga asosan ta'lim tashkilotlarini yangi o'quv yiliga tayyorlash hamda O'zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligini nishonlash bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi. Shu munosabat bilan joriy yilning 20-avgustidan 30-sentabriga qadar bo'lgan davr oliy ta'lim muassasalarida «Dolzarb qirq kunlik» deb e'lon qilindi.

Yangi o'quv yili boshlanish vaqtlari

Ushbu davrda talabalarni yangi o'quv yiliga munosib kutib olish, ularni turar joy bilan ta'minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni tezkor hal etish choralari ko'riladi. 2026-2027 o'quv yili 1-bosqich talabalari uchun 7-sentabrdan boshlanadi. Ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda o'qiyotgan yoshlar esa o'qishni 14-sentabrdan boshlashadi.

Shuningdek, talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga to'lov-kontrakt mablag'larini shartnomada belgilangan muddatlarda to'lagunga qadar farmoyish asosida darslarda qatnashishga ruxsat beriladi.

Moslashtiruvchi tadbirlar va mustaqillik darslari

Birinchi bosqich talabalarini yangi muhitga moslashtirish uchun ularni tantanali kutib olish, «Kredit ta'limi tizimiga kirish» haftaligi hamda «Talabalikka bag'ishlov» tadbirlarini uyushtirish ko'zda tutilgan.

Sentabr oyi davomida OTMlarda «Yagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!» shiori ostida «Mustaqillik darslari» o'tkaziladi. Bu jarayonda jadidlik harakati namoyandalari va qatag'on qurbonlariga bag'ishlangan mashg'ulotlar, ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, viktorinalar, ko'rik-tanlovlar hamda sport musobaqalari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, oliy ta'lim muassasalariga o'quv binolari va talabalar turar joylarini yangi o'quv yiliga tayyorlash, professor-o'qituvchilar tarkibini shakllantirish hamda zarur o'quv-uslubiy hujjatlar bilan ta'minlash vazifalari yuklatildi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi