Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Oliy ta'lim muassasalarida «Tadbirkorlik asoslari» fani o'qitiladi

2026/2027 o'quv yilidan boshlab barcha oliygohlarda «Tadbirkorlik asoslari» fani joriy etiladi.

TTahririyat 1 daqiqa

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta'minlash masalalariga bag'ishlangan taqdimot bilan tanishdi. Unga ko'ra, 2026 yilda respublika oliygohlarini 320 ming nafar talaba bitirishi kutilmoqda. Ta'lim qamrovining kengayishi natijasida mehnat bozoriga kirib kelayotgan yosh mutaxassislar soni ham ortib bormoqda. Shu munosabat bilan ularning bandligini ta'minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash va mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Yangi o'quv fan va amaliy mexanizmlar

Taqdimotda 2026/2027 o'quv yilidan boshlab barcha oliy ta'lim muassasalarida «Tadbirkorlik asoslari» fanini o'qitishni yo'lga qo'yish taklifi bildirildi. Ushbu fan doirasida talabalar biznes yuritish asoslari, loyihalarni amalga oshirish, moliyaviy rejalashtirish va tadbirkorlik sohasidagi davlat qo'llab-quvvatlash mexanizmlari haqida bilim oladi. Shuningdek, oliygohlarda talabalarning startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash, spin-off korxonalar tashkil etish, kafedralarni ishlab chiqarish korxonalari bilan yaqin hamkorlikka jalb qilish va bitiruv malakaviy ishlarini ish beruvchi tashkilotlar ishtirokida himoya qilish amaliyotini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Dual ta'lim va ish bilan ta'minlash

Bundan tashqari, ish beruvchilar buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlashga qaratilgan maqsadli dual ta'lim shaklini joriy etish tashabbusi ham ilgari surildi. Unga ko'ra, ish beruvchi va oliygoh o'rtasidagi kelishuv asosida talabalar o'qishga qabul qilinib, bitirgandan keyin ish bilan ta'minlanishi kafolatlanadi. Davlat rahbari mutasaddilarga bitiruvchilar bandligini ta'minlash bo'yicha yangi mexanizmlarni puxta ishlab chiqish, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish va qo'shimcha ish o'rinlari yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi