Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Oliy o'quv yurti bitiruvchilarini ish bilan ta'minlashning yangi mexanizmlari joriy etiladi

2026 yilda respublika OTMlarini 320 ming nafar talaba bitirishi kutilmoqda. Bitiruvchilar bandligini oshirish va karera markazlari faoliyatini baholash bo'yicha chora-tadbirlar belg...

TTahririyat 1 daqiqa

Joriy yilda mamlakatimiz oliygohlarini 320 ming nafar yoshlar tamomlashi kutilmoqda. Ushbu yo'nalishda 8 mingdan ortiq loyihalarni moliyalashtirish uchun 500 milliard so'm mablag' yo'naltirilib, 10 mingga yaqin yoshlarning bandligini ta'minlash rejalashtirilgan. Mazkur dastur tadbirkorlik subektlariga qo'shimcha moliyaviy imkoniyatlar yaratish orqali yanada kengaytirilishi ko'zda tutilgan. Shuningdek, ish beruvchilar va tadbirkorlarni faol jalb etgan holda "TalabaExpo-2026" kasb ko'rgazmalarini hududlarda samarali tashkil etish zarurligi ta'kidlandi.

Bandlik monitoringi va karera markazlari faoliyati

Barcha jarayonlar "career.edu.uz" platformasi orqali nazorat qilinib, mas masala mahalliy hokimliklar darajasigacha tushiriladi va vertikal tizim yo'lga qo'yiladi. OTMlar darajasida talabalarni band qilish bo'yicha quyidagi mexanizmlar taklif etildi:

  • Barcha oliygohlarda karera markazlari to'liq ish boshlaydi va ularning ishi natijadorlikka qarab rag'batlantiriladi.
  • Markazlar faoliyati "Bitiruvchi sifati indeksi" asosida baholanib, eng yuqori ko'rsatkich qayd etgan 20 ta oliygohning karera markaziga 500 million so'mdan ajratiladi.
  • Oliygoh miqyosida 360 ta, fakultetlar kesimida 750 ta mehnat yarmarkalari o'tkaziladi.
  • Har bir yo'nalish bo'yicha mingdan ortiq ish beruvchilar ishtirokida uchrashuvlar va vorkshoplar tashkil etiladi.

Tadbirkorlik va startap loyihalarni qo'llab-quvvatlash

2026/2027 o'quv yilidan boshlab talabalarda biznes ko'nikmalarini shakllantirish hamda mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirish maqsadida barcha oliygohlarda "Tadbirkorlik asoslari" fani o'qitiladi. Shu bilan birga, talabalarning startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash, ularni spin-off korxonalariga jalb etish, kafedralarning tarmoq korxonalarida o'z filiallarini ochishi hamda bitiruv malakaviy ishlarini bevosita ish beruvchi korxonalarda himoya qilish amaliyotini kengaytirish belgilandi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi