Oliy ta'lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish tartibi belgilandi
Oliy ta'lim tashkilotlarining milliy reytingi Ta'lim sifatini ta'minlash agentligi tomonidan to'rt taifa bo'yicha baholanib, har yili e'lon qilinadi.
O'zbekistondagi davlat va nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari faoliyatini baholovchi milliy reyting Ta'lim sifatini ta'minlash agentligi tomonidan yuritiladi. Mazkur reyting tizimi to'rta asosiy toifani o'z ichiga oladi.
Baholash yo'nalishlari va ko'rsatkichlar
Nizomga ko'ra, oliy ta'lim muassasalari quyidagi to'rt yo'nalish kesimida reytingga kiritiladi:
- amaliy fanlar;
- tibbiyot fanlari;
- ijtimoiy-gumanitar fanlar;
- ijod (sport).
Reyting natijalarini hisoblab chiqish jarayonida jami 25 ta indikator qo'llaniladi. Shundan 5 tasi bevosita o'tkaziladigan umummilliy so'rovnoma natijalari asosida aniqlanishi belgilangan.
So'rovnomalar va e'lon qilish muddati
Reyting natijalari har yili 1 noyabrga qadar o'tgan yil yakunlari bo'yicha e'lon qilib boriladi. Shuningdek, har yili 1 iyunga qadar talabalar, professor-o'qituvchilar hamda ish beruvchilar o'rtasida umummilliy so'rovnoma tashkil etiladi. Shu bilan birga, xalqaro ekspertlar ishtirokida oliy ta'lim tashkilotining xalqaro obro'sini baholashga qaratilgan so'rovnomalar ham o'tkaziladi.
Ta'kidlash joizki, so'rovnoma natijalari hisobga olinishi uchun oliy ta'lim tashkilotidagi talabalar va professor-o'qituvchilarning kamida 20 foizi unda ishtirok etishi shart.
Manba: Kun.uz



