Oliy ta'limda forma va kechikish mojarosi: Talaba va rahbarlar munosabati
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasining darsga kiritilmagani ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'ldi.
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasining formasiz va kechga qolib kelgani sabab darsga kiritilmagani hafta davomida internetda eng ko'p muhokama qilingan mavzulardan biriga aylandi. Magistratura 1-bosqichida o'qiyotgan Akmaljon Yo'ldoshevning intervyusi oliy ta'limdagi forma masalasini yana kun tartibiga olib chiqdi.
Talaba va dekan munosabati
Talabaning ta'kidlashicha, unga galstuk va ichki tartib-qoidalar bahona qilinib darsga ruxsat berilmagan. Universitet dekan lavozimida ishlovchi Oisha Zokirova esa oq ko'ylak va galstuk akademik madaniyat, intizom hamda hurmat ramzi ekanini bildirgan. Uning so'zlariga ko'ra, talabalar forma yo'qligi uchun emas, balki darsga kech qolib kelgani bois ichkariga kiritilmagan.
Rektorning munosabati
Universitet rektori Sherzodxon Qudratxo'ja yuzaga kelgan holat yuzasidan izoh berib, talabalar darsga o'z vaqtida kelmaganini va bu holat o'quv jarayoniga xalaqit berishini ta'kidladi. Rektor talaba Akmaljon Yo'ldoshevning xatti-harakatlarini shuhratparastlik va populizm deb atadi.
Manba: Kun.uz



