Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'n yetti oliy ta'lim muassasasi boshqa vazirlikka o'tkazildi

Prezident qaroriga ko'ra, 17 ta OTM boshqa idoraga o'tkazilib, ulardan biri qayta nomlandi.

TTahririyat 1 daqiqa

Prezidentning 2026-yil 2-oktabrdagi PQ-358-sonli «Ayrim davlat oliy ta'lim muassasalarining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori qabul qilindi.

Oliyygohlarning bo'ysunuvi o'zgardi

Ushbu hujjatga asosan, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi jami 17 ta oliy ta'lim muassasasining idoraviy bo'ysunuvi o'zgartirildi. Shuningdek, O'zbekiston milliy pedagogika universiteti endilikda Nizomiy Ganjaviy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.

Yangi vazifalar va vakolatlar

Bundan tashqari, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining pedagog kadrlar tayyorlash yo'nalishidagi bir qator vazifalari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga o'tkazildi. Endilikda mazkur vazirlik oliy ma'lumotli pedagog kadrlarni tayyorlash siyosatini yagona konseptual yondashuv asosida yuritadi hamda pedagogik ta'limni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini belgilaydi.

Shu bilan birga, ta'lim-tarbiya jarayoniga ilg'or pedagogik hamda axborot texnologiyalarini tatbiq etish, pedagogik ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash vazifalari ham yuklatildi. Shuningdek, pedagogika sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, shuningdek, pedagog kadrlar tayyorlovchi oliygohlarning boshqaruv tizimini takomillashtirib borish ham mazkur vazirlikning vazifalari qatoriga kiritildi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi