Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

"O'zbekgidroenergo" rahbari ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalari uchun "O'zbekgidroenergo" AJ raisi Islom Abdurahmonov ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda yoshlar siyosati doirasida ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga, xususan, energetika va injenerlik yo'nalishlarida kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan “O'zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti hamkorligida talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Kadrlar zaxirasi va amaliyot imkoniyatlari

Tadbirda universitet rektori Bahodir Mirzayev va “O'zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi Islom Abdurahmonov yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida so'z yuritdi. Shuningdek, jamiyat faoliyati, respublikada amalga oshirilayotgan yirik gidroenergetik loyihalar hamda zamonaviy texnologiyalar xususida ma'lumot berildi. Talabalarga korxonada amaliyot o'tash, ishga joylashish hamda kadrlar zaxirasiga kirish mexanizmlari batafsil tushuntirildi.

Uchrashuv davomida Islom Abdurahmonov gidroenergetika sohasining strategik ahamiyatini ta'kidlab, zamonaviy bilimlarga ega yosh mutaxassislarni tayyorlash ustuvor vazifa ekanini qayd etdi. Talabalar uchun real amaliyot maydonlarini yaratish va ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash muhimligi aytib o'tildi.

G'oyalar tanlovi va ishga joylashgan talabalar

Samimiy ruhda o'tgan muloqot davomida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, startaplar va innovatsion loyihalar yuzasidan o'z takliflarini bildirdilar. Tadbir yakunida “Eng yaxshi g'oya” tanlovida faol qatnashgan iqtidorli talabalar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, uchrashuvda faollik ko'rsatgan 3 nafar iqtidorli talabani “O'zbekgidroenergo” AJ tizimiga ishga joylashtirish bo'yicha mas'ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi