O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari uchun yangi avtobus qatnovi yo'lga qo'yiladi
7-sentabrdan boshlab "Mirzo Ulug'bek" metro bekati va O'zDJTU yo'nalishida vaqtinchalik avtobus qatnovi yo'lga qo'yiladi.
7-sentabrdan boshlab "Mirzo Ulug'bek" metro bekati hamda O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti yo'nalishida maxsus vaqtinchalik avtobus qatnovi harakatni boshlaydi. Mazkur qatnov uchun jami 4 ta katta sig'imli avtobus ajratilgan bo'lib, ular talabalarni to'g'ridan-to'g'ri O'zDJTUning har ikkala o'quv binosiga yetkazib qo'yadi.
Harakat jadvali va qulayliklar
Avtobuslarning harakat vaqti ertalabki tirgiz paytga to'g'ri kelib, soat 7:00 dan 8:00 gacha etib belgilangan. Hozirgi vaqtda O'zDJTU talabalarining katta qismi darsga kelish uchun avval "Chilonzor" metro bekatigacha kelib, u yerdan boshqa avtobuslarga o'tishga majbur bo'lmoqda. Bu esa ertalabki tirgiz vaqtlarda ushbu yo'nalishdagi jamoat transportlarida yo'lovchilar oqimining keskin ko'payishiga va yuklamaning ortishiga sabab bo'layotgan edi.
Joriy etilayotgan yangi vaqtinchalik yo'nalish orqali talabalar "Mirzo Ulug'bek" metro bekatidan to'g'ridan-to'g'ri universitetga qulay tarzda yetib borish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Manba: Kun.uz



