Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida o'quv jarayonlari va sharoitlar o'rganildi

Prezidentning madaniyat bo'yicha vakili Hasan Salihov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutiga tashrif buyurib, ta'lim sharoitlari va infratuzilma bilan tanishdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo'yicha vakili Hasan Salihov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida bo'ldi. Unga Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Nodirbek Sayfullayev hamrohlik qildi. Mehmonlar oliygohdagi ta'lim jarayonlari, moddiy-texnik baza hamda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishishdi.

O'quv teatri va auditoriyalar faoliyati

Dastlab o'quv teatri ko'zdan kechirilib, talabalarning amaliy mashg'ulotlari, sahna asarlarini tayyorlash jarayonlari hamda mavjud texnik jihozlar o'rganildi. Shuningdek, teatrni zamonaviy sahna texnologiyalari bilan boyitish va yosh ijodkorlarning tajribasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shundan so'ng zamonaviy auditoriyalar, o'quv xonalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi hamda o'quv-uslubiy ta'minot ko'zdan kechirildi.

Talabalar turar joyi va hududdagi o'zgarishlar

Tashrif doirasida talabalar turar joyidagi yashash sharoitlari, maishiy xizmatlar, dam olish hamda mustaqil ta'lim olish uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, institut hududidagi suv havzasi, yashil hududlar va obodonlashtirish ishlari ko'zdan kechirilib, hududning ekologik holatini yaxshilash va dam olish maskanlarini rekonstruksiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Natijada institutni kompleks rivojlantirish istiqbollari, infratuzilmani modernizatsiyalash hamda xalqaro standartlarga mos ta'lim muhitini shakllantirish bo'yicha fikr almashildi. Mas'ul rahbarlarga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va belgilangan loyihalarni sifatli amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi