Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston maktablarida yangi o'quv yili va Bilimlar kuni nishonlandi

Respublika maktablarida Bilimlar kuni o'tkazilib, minglab o'g'il-qizlar ilk bor sinf ostonasiga qadam qo'ydi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Yurtimizdagi 11 mingdan ortiq umumta'lim maktablarida Bilimlar kuni keng nishonlanib, yangi o'quv yiliga start berildi. Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayramiga uyg'un ravishda o'tayotgan ushbu kunda minglab bolalar ilm olish istagi bilan ta'lim maskanlariga keldi. Jumladan, joriy yilda 800 ming nafarga yaqin o'g'il-qiz maktab ostonasiga ilk bor qadam qo'ydi.

12-maktabdagi bayram tadbiri

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 12-umumta'lim maktabida ham Bilimlar kuni katta shodiyona bilan nishonlandi. Bayram tadbirida ta'lim muassasasi direktori Umida Mahamatova davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning o'quvchilar va ustoz-murabbiylarga yo'llagan tabrigini o'qib eshittirdi. Tabrikda keyingi yillarda ta'lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar tufayli maktablar butunlay yangicha qiyofa kasb etib, ta'lim sifati takomillashib borayotgani ta'kidlandi.

Prezident o'z tabrigida o'qish, kasbiy ta'lim, IT, ijodiy izlanishlar, sport va jamoat ishlarida yutuqlarga erishayotgan yoshlarni yurtimizning nurli kelajagi hamda oltin fondi deb atadi. Shuningdek, ularning timsolida Uchinchi Renessans nihollari ko'rinishi va har birini yorug' istiqbol ustunlari etib tarbiyalash muqaddas vazifa ekani qayd etildi.

1-sinf o'quvchilariga sovg'alar

Tadbir davomida 12-umumta'lim maktabi direktori U.Mahamatova ta'lim maskanida 1 ming 280 nafar o'quvchi tahsil olishini ma'lum qildi. Shu jumladan, joriy yilda 1-sinfga 170 nafar o'quvchi qabul qilingan. Beshta sinfdan iborat ushbu jajji o'quvchilarga maktab sumkasi va o'quv qurollari jamlanmasi topshirildi.

Bayram tadbiri yakunida maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan she'rlar, kuy-qo'shiqlar hamda raqslar namoyish etilib, barchaga bayramona kayfiyat ulashildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi