Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston Milliy universiteti talabasi xalqaro matematika olimpiadasida oltin medalni qo'lga kiritdi

O'zMU talabasi Abduvahhob Ashirov Rossiyadagi xalqaro olimpiadada 900 dan ortiq raqiblarini ortda qoldirib, 1-o'rinni egalladi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti talabasi xalqaro miqyosdagi nufuzli fan musobaqasida yuqori natijani qayd etdi. Xususan, O'zMU Matematika fakultetining “Matematika” yo'nalishi 2-kurs talabasi Abduvahhob Ashirov “RUDNMATH OLYMP-2025” III xalqaro matematika olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashdi.

Xalqaro bellashuv tafsilotlari

Mazkur bilimlar bellashuvi Rossiya Xalqlar do'stligi universitetida tashkil etildi. Unda dunyoning 19 ta davlatidan, jumladan O'zbekiston, Rossiya, Turkmaniston, Eron, Xitoy, Armaniston, Ozarbayjon hamda Qozog'istondan 900 nafardan ziyod talabalar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazdilar. Keskin va murosasiz kechgan bahslarda qatnashchilar yakka tartibda o'z imkoniyatlarini namoyish etishdi.

Oltin medal sohibi

O'zbekistonlik yosh matematik Abduvahhob Ashirov barcha shartlar bo'yicha yuqori ko'rsatkichlarni qayd etib, yakka tartibdagi bahslarda 1-o'rinni egalladi va musobaqaning oltin medali bilan taqdirlandi. Ushbu yutuq mamlakatimizda yoshlarni aniq fanlar yo'nalishiga keng jalb qilish hamda iqtidorli talabalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasi sifatida e'tirof etildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi