Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston Milliy universiteti va Davlat ekologik ekspertizasi markazi hamkorlikni kuchaytirmoqda

O'zbekiston Milliy universitetida Davlat ekologik ekspertizasi markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekiston Milliy universitetining Biologiya va ekologiya fakultetida “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi mas'ullari, professor-o'qituvchilar hamda talabalar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

12-may — Ekologik ta'lim kuni arafasida tashkil etilgan muloqotda oliy ta'lim maskanlari va ekologik ekspertiza tizimi o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, yoshlarning mazkur sohaga bo'lgan qiziqishini oshirish hamda bo'lajak mutaxassislarning amaliy tayyorgarligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir doirasida Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari haqida atroflicha ma'lumot berildi.

Ekologik qonunchilik va kadrlar tayyorlash

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ekologik ekspertiza loyihalarning atrof-muhit va aholi salomatligiga ta'sirini baholashda muhim mexanizm hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta'sirni baholash va strategik ekologik baholash to'g'risida”gi qonuni sohada yangi bosqichni boshlab berdi. Unga ko'ra, endilikda faqat alohida loyihalar emas, balki strategik darajadagi hujjatlarni ham baholash ko'zda tutilgan.

Shu bois zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega ekologik kadrlarni yetishtirish, ta'lim jarayonini davlat organlari hamda ekspert tashkilotlari ishlari bilan uyg'unlashtiruvchi dual ta'limni rivojlantirish dolzarb vazifa sifatida qayd etildi. Shuningdek, talabalarga xorijiy tillarni egallagan, zamonaviy texnologiyalar, ma'lumotlar tahlili va ekologik modellashtirish ko'nikmalariga ega kadrlarga ehtiyoj yuqoriligi tushuntirildi.

Umummilliy loyihalar va hamkorlik memorandumi

Uchrashuv davomida mamlakatimizda bajarilayotgan “Yashil makon”, “Eko-madaniyat” va “Toza havo” kabi umummilliy loyihalar muhokama markazida bo'ldi. “Yashil makon” tashabbusi doirasida har yili 200 million tup daraxt va buta ko'chatlarini ekish hamda 2030-yilga borib mamlakatdagi yashillik darajasini 30 foizga yetkazish rejalashtirilgani aytildi. Talabalar ekologik aksiyalar va amaliy loyihalarda faol qatnashishga chaqirildi.

Tadbir yakunida Davlat ekologik ekspertizasi markazi hamda Biologiya va ekologiya fakulteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Tomonlar kadrlar tayyorlash, dual ta'limni rivojlantirish va talabalarni ekologik loyihalarga jalb etish borasidagi sheriklikni davom ettirishga kelishib olishdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi