Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari diplomlari xalqaro darajada tan olinishiga yo'l ochildi

Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi INQAAHE xalqaro tarmog'iga to'liq a'zo bo'ldi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

London shahrida bo'lib o'tgan Education World Forum – 2026 xalqaro tadbiri doirasida muhim qadam tashlandi. Oliy ta'limda sifatni ta'minlash yo'nalishidagi yirik xalqaro tarmoqlardan biri sanalgan INQAAHE, yani International Network for Quality Assurance Agencies in Higher Education tashkilotiga Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi to'laqonli a'zo etib qabul qilindi.

Xalqaro e'tirof va yangi imkoniyatlar

Mazkur tashkilotga a'zo bo'lish O'zbekistondagi milliy akkreditatsiya tizimi xalqaro talab va standartlarga to'la mos kelishini bildiradi. Bu esa o'z navbatida qator amaliy natijalarni taqdim etadi:

  • O'zbekistondagi akkreditatsiyadan o'tgan oliy ta'lim maskanlari diplomlarining xalqaro miqyosda tan olinishi sezilarli darajada kuchayadi.
  • Oliy o'quv yurtlari bitiruvchilarining chet ellarda o'qishini davom ettirishi hamda mehnat faoliyatini yuritishi uchun qulayliklar oshadi.
  • Davlat akkreditatsiyasi natijalari xalqaro miqyosda e'tirof etilib, universitetlarning global reytinglar, xalqaro akkreditatsiya jarayonlari hamda grant dasturlarida qatnashishi yengillashadi.
  • Nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim va ikki diplomli dasturlarni yo'lga qo'yish, talabalar hamda professor-o'qituvchilar almashinuvini kengaytirish imkoniyati ortadi.

Ekspertlar salohiyatini oshirish

INQAAHE tarmog'i ko'magida milliy akkreditatsiya jarayonlariga yuqori malakaga ega xalqaro mutaxassislarni jalb etish imkoni tug'iladi. Bu esa davlat akkreditatsiyasining sifati yanada yaxshilanishiga xizmat qiladi. Qolaversa, mahalliy ekspertlar o'z malakasini oshirib, xalqaro ilg'or tajribalarni tizimli ravishda o'rganib borish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi