Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston oliy ta'limida ingliz tilini o'qitish va raqamli texnologiyalar joriy etish masalalari muhokama qilindi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligida ingliz tilini o'qitish sifatini oshirish va sun'iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish yuzasidan uchrashuv o'tkazildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Sardor Rajabov "Efekta Education" kompaniyasining katta vitse-prezidenti Benjamin M.Xoup bilan uchrashuv o'tkazdi. Muloqot davomida mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarida ingliz tilini o'qitish sifatini yanada yaxshilash hamda o'quv jarayoniga zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt yechimlarini keng tatbiq etish masalalari ko'rib chiqildi.

Sardor Rajabov o'z so'zida talabalar xorijiy tillarni, xususan, ingliz tilini mukammal o'zlashtirishi ularning kelgusidagi akademik va kasbiy salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim poydevor ekanini qayd etdi. Uchrashuvda ta'lim jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar yordamida individuallashtirish, yoshlarning bilim hamda ko'nikmalarini muttasil rivojlantirish hamda natijadorlikni oshirishga qaratilgan ilg'or yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.

Sun'iy intellekt asosidagi ta'lim platformalari

Tomonlar "Efekta Education" kompaniyasining sun'iy intellekt texnologiyalariga tayangan ta'lim platformasini O'zbekistonning oliy ta'lim tizimida amalda qo'llash imkoniyatlarini batafsil muhokama qilishdi. Mazkur platforma talabalarga til o'rganishda yangi qulayliklar yaratishi kutilmoqda.

Uchrashuv yakuniga ko'ra, mazkur sohada o'zaro hamkorlik aloqalarini davom ettirish, ilg'or raqamli yechimlarni o'quv jarayoniga tatbiq etish hamda talabalar uchun zamonaviy shart-sharoitlarni kengaytirish borasida birgalikda ishlashga kelishib olindi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi